Fransiyaning sobiq madaniyat vaziri Odri Azule 13 oktyabrda YuNESKOning yangi bosh direktori etib saylandi, deb yozadi Kun nashri. Azule 30 ta ovoz to‘plagan va bu miqdor uning saylanishi uchun yetarlilik qilgan.
Foto:AFP 2017 / Thomas Samson
Tashkilot ijroiya kengashi ovoz berishining oxirgi turida Azule bilan birga qatarlik diplomat Abdulaziz Al-Kavariy kurash olib bordi. Uning nomzodiga 28 ovoz berildi.
G‘alaba qilgan nomzod YuNESKOning kech kuzda bo‘lib o‘tadigan bosh konferensiyasi 39-sessiyasida bosh direktor lavozimiga tasdiqlanadi. YuNESKOning amaldagi bosh direktori bolgariyalik Irina Bokova tashkilotni 2009 yildan beri boshqarib keladi.
YuNESKO BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi. U davlatlar va xalqlarning ta’lim, fan va madaniyat sohasida hamkorligini kengaytirish hisobiga tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga yordam berish; irqi, jinsi, tili, dinidan qat’iy nazar barcha xalqlar uchun adolat va qonunga amal qilishlikni, BMT nizomida bayon qilingan inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishni ta’minlash kabi vazifalarni oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Tashkilot 1945 yil 16 noyabrda tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Parijda joylashgan. Tashkilotga 195 ta davlat a’zo hisoblanadi, 2 davlat kuzatuvchilik qiladi va tashqi siyosati uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydigan 10 ta hudud kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?