10:57 / 15.10.2017
6 579

Qirg‘iziston prezidenti saylovi: asosiy kurash Jeenbekov va Babanov o‘rtasida kechadi

Qirg‘iziston prezidenti saylovi: asosiy kurash Jeenbekov va Babanov o‘rtasida kechadi
Bugun Qirg‘izistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Avvaliga ellikdan ziyod odam 1 dekabr kuni muddati tugaydigan prezident Almazbek Atambayev o‘rnini egallash niyatini bildirgan bo‘lsada, oxir-oqibat saylov byulletenida faqat o‘n uch nomzod qoldi.

Saylovoldi kampaniyasi mobaynida kurash asosan ikki nomzod – Sooronbay Jeenbekov va Omurbek Babanov o‘rtasida kechdi.

QR sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov Almazbek Atambayev asos solgan va prezidentlikka saylangunicha yetakchilik qilgan «Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi»dan nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Saylovoldi tashviqoti davomida boshqa nomzodlar Jeenbekov foydasiga ma’muriy resurs qo‘llanayotganiga ko‘p marta e’tibor qaratishdi.

Sooronbay Jeenbekov. Foto: Knews.kg

Yana bir asosiy nomzod Omurbek Babanov – QR sobiq bosh vaziri, QR Jogorku Keneshi «Respublika» partiya fraksiyasi rahbari. Saylovoldi kampaniyasi mobaynida Omurbek Babanov deyarli doimiy ravishda shov-shuvlar markazida bo‘ldi. Avvaliga uning onasi va umr yo‘ldoshining millati muhokama qilindi. O‘shdagi o‘zbeklar oldida qilgan nutqi millatlararo nizo chiqarishi mumkin deb topilib MSK tomonidan ogohlantirildi. Babanovning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashgani esa QR hukumati tomonidan «mamlakatning ichki ishlariga aralashish» sifatida baholandi va ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Omurbek Babanov. Foto: Knews.kg

Temir Sariyev, Adaxan Madumarov va Azimbek Beknazarov kabi qirg‘iz siyosat olamida mashhur kishilar ham nomzod sifatida qatshamoqda. Toktayim Umeteliyeva – yagona ayol nomzod. Saylovlarda asosiy nomzodlardan biri bo‘lishi kutilayotgan B. Torobayev va Q. Tashiyev mos ravishda O. Babanov va S. Jeenbekov foydasiga saylovlarda qatnashishdan voz kechishdi. Shunday qilib, garchi byulletenda 13 nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, ulardan faqat 11 nomzod uchun ovoz berish mumkin bo‘ladi.

Turli tashkilotlar o‘tkazgan so‘rovlar, kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, 15 oktyabr kungi saylovlarda hech qaysi nomzod saylovda ovoz berganlarning yarmidan ko‘pining ovozini to‘play olmaydi va katta ehtimol bilan ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi turga birinchi turda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod o‘tadi. Bu ikki nomzod Jeenbekov va Babanov bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Qayd etish joiz, shu kungacha hech qaysi Markaziy Osiyo davlatida prezident saylovlari ikki turda o‘tkazilgan emas. Agar shunga ehtiyoj sezilsa, ikkinchi tur 19 noyabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Saylovning ilk natijalari 16 oktyabr tongida ma’lum bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti saylovi: asosiy kurash Jeenbekov va Babanov o‘rtasida kechadi