15:34 / 15.10.2017
6 066

OAV xodimlari Kseniya Sobchak va Putin orasidagi maxfiy suhbat mavzusini bila olmay ovora

OAV xodimlari Kseniya Sobchak va Putin orasidagi maxfiy suhbat mavzusini bila olmay ovora
Telejurnalist Kseniya Sobchak otasi, Sankt-Peterburg shaxrining birinchi meri Anatoliy Sobchak haqida film suratga olmoqda va shu sabab vajidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan. Kseniyaning onasi Lyudmila Narusova filmda davlat rahbari ham ishtirok etayotgani haqida aytib o‘tdi.

Kartinaning qachon ekranlarga chiqishi va kim tomonidan suratga olinayotgani ma’lum qilinganicha yo‘q.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sobchak va Putin uchrashuvi haqidagi savolarni javobsiz qoldirmoqda. Shu bilan birga “Bi-bi-si” a’zolaridan biri o‘z ismini ma’lum qilmagan holatda telejurnalist prezident bilan operatorlar ketganidan keyin yana bir muddat yolg‘izlikda suhbat qurgani haqida xabar bergan.

Hozircha bu borada Sobchakning o‘zi ham biror izoh bergani yo‘q. So‘nggi paytlarda OAV manbalari amaldorlar orasida 2018 yildagi prezident saylovlarida ayol kishi nomzodi ishtirok etishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar tarqalganini tez-tez takrorlashyapti. Kseniyaning o‘zi esa davlat rahbari o‘rniga davo qilishi yoki qilmasligi haqidagi savollarni javobsiz qoldirmoqda.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin Sobchak va Putin orasidagi suhbatda aynan shu mavzu muhokama qilindimi yoki yo‘q – hech kimga ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV xodimlari Kseniya Sobchak va Putin orasidagi maxfiy suhbat mavzusini bila olmay ovora