22:08 / 15.10.2017
5 551

Angliya olimlari: «Oliy ma’lumot umrni uzaytiradi, ortiqcha vazn qisqartiradi…»

Angliya olimlari: «Oliy ma’lumot umrni uzaytiradi, ortiqcha vazn qisqartiradi…»
Edinburg universiteti professori Piter Joshi yetakchiligidagi bir guruh olimlar yangi tadqiqotlar o‘tkazib, umrni uzaytiruvchi va qisqartiruvchi elementlarni aniqlashdi. Bunga ko‘ra, oliy ma’lumot olish umrni uzaytirishi, semizlik esa aksincha qisqartirishi ma’lum bo‘libdi. Ularning tadqiqot natijalariga tayanib aytishicha, yo‘qotilgan ortiqcha kilogramm umrni ikki-uch oyga uzaytirarkan. Oliy ma’lumot olishga sarflangan har bir yil xuddi shunchaga umrni uzaytirarkan.

— Tamaki, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, depressiya holatlarini boshdan kechirish, — deydi Piter Joshi. — Manaman degan sog‘lom odamning ham umriga zomin bo‘ladi. Buni olimlarsiz ham barcha biladi. Lekin oliy ma’lumot olish, bu yo‘lda katta qiziqish, chin dildan olg‘a intilish miya, yurak va boshqa a’zolar faoliyati faollashuviga turtki vazifasini o‘taydi. Shuning hisobiga umr uzayib boradi…

Ha, olimlar ham bizga o‘xshagan odam-da! Ilmiy xulosalargagina suyanishadi. Lekin umrning qisqarish, uzayish hodisasiga bu kabi amallar u darajada ta’sir o‘tkazmasa keragov! Axir Yaratgan har bir bandasini belgilangan umr, taqdir, qismati bilan birga yaratadi. Faqat biz bandalar shu yozuqning tezlashishini xohlgan chiqamiz-u, oqibatda xudoning g‘azabiga duchor bo‘lganimizni payqamay qolamiz. Nima bo‘lganda ham olimlar qaysidir jihatdan haq deyish ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi Yaratganning «Sendan harakat, mendan barakat» degan va’dasi ham yo‘q emas inshoolloh.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliya olimlari: «Oliy ma’lumot umrni uzaytiradi, ortiqcha vazn qisqartiradi…»