08:50 / 16.10.2017
4 488

Yaponiyalik tadbirkor «sarimsoqli qahva»ni ixtiro qildi

Yaponiyalik tadbirkor «sarimsoqli qahva»ni ixtiro qildi
Yaponiyalik tadbirkor ta’mi va rangi qahvani eslatuvchi, biroq sarimsoqdan foydalanib tayyorlangan ichimlikni ixtiro qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Bu g‘oya shimoliy Aomori prefekturasida qahvaxonasi bo‘lgan 74 yoshli Yokitomo Simotaiga bundan taxminan 30 yil avval, e’tiborsizligi va restoranda mijozlar haddan ziyod ko‘p bo‘lgani uchun sarimsoq va steykni kuydirib yuborganda kelgandi.

O‘shanda u kuygan sarimsoqni qoshiqda ezg‘ilab, qaynoq suvga qo‘shgan va natijada ta’mi qahvani eslatuvchi, biroq achchiqroq bo‘lgan ichimlik hosil bo‘lgandi.

Shundan so‘ng u uzoq vaqt o‘z kashfiyotini yoddan chiqardi va buning ustidagi ishlarga nafaqaga chiqqanidan keyingina qaytdi. Simotai ichimlikning xususiyatlarini o‘rgana boshladi va uni tayyorlashning optimal usulini tanladi. Bu uslubga ko‘ra, sarimsoq elektr pechkada qovurilishi, so‘ng sovitib, maydalanishi lozim.

Sarimsoqli qahvaning bir paketchasi 3 dollardan kamroq turadi va Aomoridagi ikki suvenir do‘konida sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik tadbirkor «sarimsoqli qahva»ni ixtiro qildi