08:57 / 16.10.2017
5 371

Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetdi

Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetdi
Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni oshdi. Bu haqda Somali federal hukumati axborot vaziri Abdurahmon Umar Osmon tvitterda ma’lum qildi.

“Ash-Shabob”ning vahshiy hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 276 gacha va jarohatlanganlar soni 300 gacha yetdi", deb yozgan amaldor.

Avvalroq 231 kishi halok bo‘lgani va 275 kishi yaralangani ma’lum qilingandi.

Terakt 14 oktyabrda shaharning Xodan tumanidagi mehmonxona yonida sodir etilgan. Portlovchi moddalar bilan yuklangan yuk mashinasi portlatilgan. Birorta terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, biroq hukumat teraktni sodir etishda “Ash-Shabob” terrorchilik guruhini ayblamoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetdi