08:57 / 17.10.2017
6 113

Atamboyev: halollik va demokratiya AQShda ham yo‘q

Atamboyev: halollik va demokratiya AQShda ham yo‘q
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlarini kuzatib borgan xalqaro kuzatuvchilar missiyasi rahbarlari bilan uchrashuvda AQShda ham halollik va demokratiya yo‘qligini aytgan, deb yozadi Kun nashri.

Uning aytishicha, Barak Obamaning yordamchisi Maykl Makfol OAVga Qirg‘izistondagi saylovlarda amaldagi prezident safdoshi g‘alaba qozonganini aytgan. "Albatta, agar AQSh qo‘llab-quvvatlovchi nomzod yutganda, ular bulbul kabi sayrardilar", deb aytgan Atamboyev.

Atamboyevning aytishicha, saylovlarda tashqaridan moliyalashtirish bo‘lganiga qaramay, Qirg‘iziston o‘z mustaqilligini himoya qila oldi.

Uchrashuvda MDH, YeXHT, ShHT, Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi, Islom hamkorligi tashkiloti, Yevropa parlamenti hamda O‘zbekiston, Rossiya va Xitoy missiyalari rahbarlari ishtirok etishgan.

Qirg‘izistonda 15 oktyabrda o‘tgan saylovlarda mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev: halollik va demokratiya AQShda ham yo‘q