09:54 / 17.10.2017
14 445

Bashoratchi Syuzan de Verening yaqin kelajak haqidagi bashoratlari…

Bashoratchi Syuzan de Verening yaqin kelajak haqidagi bashoratlari…
Syuzan de Vere 2001 yil 11 sentyabrda Amerikada sodir etilgan terror harakatini ham oldindan to‘g‘ri bashorat qilgan ekan. Bu gal dunyoni yaqin kelajakda nimalar kutishi masalasida bashorat qilibdi.
Demak, bashoratchining aytishicha, avvalo har qanday turdagi bashoratga ham bo‘lishi mumkin, yo taxminan degan fikr bilan yondashish lozim. Bu bilan u dunyo ahlini jiddiy ogohlantirdi. Qolaversa, bashoratlari to‘g‘ri chiqmasa uni qoralab tashlamasliklari uchun oldindan o‘zini shunday so‘zlar bilan sug‘urtalab oldi.

UChINChI JAHON URUShI HAQIDA

Birinchi navbatda Amerika va Shimoliy Koreya intilayotgan Uchinchi jahon urushi sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Agar bu hodisa sodir bo‘lsa, Shimoliy Koreya ortidan Xitoyni tortib ketadi. Bu harakat Yevropa taraqqiyotiga nuqta qo‘yadi.
— Men ko‘rdimki, — deydi Syuzan de Vere. — Urush kutilmaganda boshlanadi va uzoq davom etmaydi. Lekin shu qisqa fursat ichida ikkita ulkan atom bombasi (yoki raketa) portlashga ulguradi. Afsuski, shu ko‘plab odamlarni yo‘q qilishi, nogironga aylantirishi mumkin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikani ham, Shimoliy Koreyani ham bu qaltis qarordan voz kechtirishga juda ko‘p marotaba urinib ko‘radi. Baxtga qarshi ularni bu yo‘ldan qaytarishning sira imkoni bo‘lmaydi.

YELLOUSTOUN VULQONI HAQIDA


— Amerika hukumati Yelloustoun vulqonini portlatishga qaror qiladi, — bashorat qilishda davom etdi Syuzan de Vere. — Shu yo‘l bilan ulkan falokatlarning oldini olishga umid bog‘laydi. Afsuski, xatoga yo‘l qo‘yadi. Agar portlatishsiz bitta vulqon uyg‘onadigan bo‘lsa, portlatish natijasida bu uchta vulqon uyg‘onishidek qo‘shimcha balolarni hadya etadi. Ammo Yelloustoun vulqoni uyg‘onishi butunjahon falokatiga aylanmaydi. Faqat asosiy zarbani Shimoliy Amerika qabul qilib oladi. Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tmoqchiman. Odamzod hozirgi paytda vulqonlardan emas, zilzilalardan qo‘rqishi lozim.

Masalan, menga ko‘ringani shu bo‘ldiki, Italiyada kelasi yil yana bir kuchli zilzila yuz beradi. Yana bir kuchli yer silkinishi okeanda kuzatiladi. Bu zilzila dahshatli bo‘ron va suv toshqinlarini orqalagancha Avstraliya taraflarga jo‘naydi. Baxtga qarshi yaqin yillarda doimiy tarzda okeanga yaqin hududlarda yashovchilar shunday ofatlar qurboniga aylanadi. Bunda ularning o‘zlari aybdor. Ular anchadan beri rahm-shafqatni, bir-birlariga mehr-oqibat ko‘rsatish tushunchasini unutib, xudoning xohishiga qarshi bora boshlashgan.

Nima ham derdik. Bashoratchi ham xudoning bandasi. Aylanib-o‘rgilib kelganda ham baribir Yaratganning xohish-irodasi bo‘ladi. Ishqilib, xudoyimning o‘zi biz bandalarni panohida asrasin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashoratchi Syuzan de Verening yaqin kelajak haqidagi bashoratlari…