00:36 / 18.10.2017
8 893

Dubay osmonida kuzatilgan noma’lum ob’ektga tushuntirish berildi

Dubay osmonida kuzatilgan noma’lum ob’ektga tushuntirish berildi
16 oktyabrda kechki vaqt BAAning Dubay va Abu-Dabi shaharlari osmonida meteorit va noma’lum uchar jism deb qabul qilingan antiqa chaqnoq kuzatildi. Ushbu ob’ekt osmonda mahalliy vaqt bilan 19.30da payqalgan. U o‘z ortidan qizil rangli iz qoldirgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Bunda biror-bir ovoz eshitilmagan.

Shundan keyin voqea ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilina boshlangan. Ba’zilar bu yonayotgan samolyot bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan, biroq mahalliy koinot markazi bu meteor ekanligini ma’lum qilgan.

Biroq keyinroq bir qator aerokoinot saytlari va Dubay astronomik guruhi bu jism yer atmosferasiga kirish vaqtida bo‘laklanib ketgan Rossiyaning "Progress MS-07" yuk kemasi ekanligini ma’lum qilishgan. Ta’kidlanishicha, kema atmosferaga kirganda bir necha bo‘lakka bo‘linib, yorqin mushak kabi yonib ketgan.

Avvalroq kema Xalqaro koinot stansiyasiga 2,75 tonna suv, oziq-ovqat va ilmiy qurilmalarni yetkazib bergan va ortga qaytish vaqtida yonib ketgan.

"Progress MS-07" orbitaga 14 oktyabrda "Soyuz-2.1a" raketasi yordamida olib chiqilgan. 16 oktyabrda esa XKS bilan birikkan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay osmonida kuzatilgan noma’lum ob’ektga tushuntirish berildi