10:02 / 18.10.2017
6 110

Irkutskda ikki nafar o‘zbekistonlik tuproq ostida qoldi...

Irkutskda ikki nafar o‘zbekistonlik tuproq ostida qoldi...
Rossiyaning Irkutsk viloyatida uch nafar o‘zbekistonlik to‘rt metr chuqurlikdagi transheyaning chetidagi tuproq qulashi oqibatida uning tagida qolib ketdi. Bu haqdaQalampir.uz nashri xabar bermoqda.

Xabarda o‘zbekistonliklarning bir nafari qutqarilgani aytilgan.

Irkutskdagi Zaxarov ko‘chasida 14-uy yonida olib borilayotgan tuproq ishlari davomida uzunligi o‘n metr va chuqurligi to‘rt metr bo‘lgan transheyada tuproq qulashi yuz bergani va bunda uch nafar O‘zbekiston fuqarolari jabrlangani aytib o‘tilgan.

Bir ishchi qutqarilgani va ikki nafari tuproq uyumi ostida qolgani ta’kidlandi.

Baxtsiz hodisa yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgani hamda favqulodda holat tafsilotlari aniqlashtirilayotgani xabar qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Irkutskda ikki nafar o‘zbekistonlik tuproq ostida qoldi...