10:45 / 18.10.2017
11 366

Ayollar uchun eng xavfli shaharlar ro’yxati aniqlandi.

Ayollar uchun eng xavfli shaharlar ro’yxati aniqlandi.
Thomson Reuters Foundation hayriya tashkiloti tomonidan ayollar uchun eng xavfli sanalgan shaharlar ro’yxati nashr etildi. Bu haqida “ria.ru” sayti xabar bermoqda.

Ro’yxatning birinchi o’rnini Qohira shahri egallagan bo’lsa, ikkinchi o’rinda Pokistonning Karachi shahri va Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasani ko’rish mumkin. Ro’yxatning birinchi beshligidan Dehli va Peru poytaxti Lima shaharlari ham o’rin olgan.

Moskva o’n oltinchi o’rindan joy egalladi. Parij, Tokio va London shaharlari esa ayollar uchun eng xavfsiz joylar deb e’lon qilingan.

Taqdiqotlar mutaxassislar orasida o’tkazilgan so’rovlar bo’yicha olib borilgan. Bunda ayollarga nisbatan ishlatiladigan zo’rlik, tibbiyot xizmatlari, madaniy an’analar, ta’lim, shaxsiy roziliksiz tushmushga berish, moliyaviy imkoniyat jihatlari hisobga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayollar uchun eng xavfli shaharlar ro’yxati aniqlandi.