23:43 / 19.10.2017
6 722

Yelizaveta II shaxzoda Garrining sevgan qizi Megan Marklga alohida himmat ko’rsatdi

  Елизавета II шахзода Гаррининг севган қизи Меган Марклга алоҳида ҳиммат кўрсатди

Yelizaveta II nabirasi shaxzoda Garrining suyuklisi, 36 yoshli aktrisa Megan Marklga himmat ko’rsatib, uni o’z qarorgohiga taklif qildi. Ma’lum qilinishicha, Megan va shaxzoda Garri saroygacha qora rangli Ford Galaxy avtomobilida yetib kelishgan.

Garri va Megan choy hamda qirolichaning sevimli shirinliklari bo’lmish kichik sendvichu kekslar bilan mehmon qilindi. “Meganning qirolicha tomonidan choy ichish uchun taklif etilishi, shuningdek Yelizaveta II ga tegishli kichkina mehmonxonaga olib kirilishi unga nisbatan alohida himmat ko’rsatilayotganini anglatadi” deydi xorijiy nashrlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yelizaveta II shaxzoda Garrining sevgan qizi Megan Marklga alohida himmat ko’rsatdi