22:01 / 24.10.2017
11 460

Avstraliyalik Rene Yang ismli ayol ikki yuzli farzandni dunyoga keltirdi… (Asabi bo‘shlar qaramasin)

Avstraliyalik Rene Yang ismli ayol ikki yuzli farzandni dunyoga keltirdi… (Asabi bo‘shlar qaramasin)
U bolasi ikki yuzliligi haqida tug‘ish arafasida xabar topdi. Vrachlar homiladan voz kechishni maslahat berishdi. Ammo Rene ham, eri Saymon Xoui ham bu maslahatga rozilik bildirishmadi.

— Men yanvar oyida UZI ga tushgandim, — dedi Rene. — Vrach homilada shubhasi borligini aytdi va meni skanerga yubordi. Skanerdan so‘ng mutaxassislar bolamning tanasi bitta, lekin boshi ikkitaligini aytishdi. Shunda ham buning nima ekanini tushunmadim…

Ayolga vrachlar yana uqtirishdi. Aytishdiki, bu bola ikki yuzli, juda qo‘rqinchli qiyofada dunyoga keladi va bir umr qiynalib, masxaralanib, boshqa bolalarni qo‘rqitib yashaydi. Biroq er-xotin baribir rozilik bildirishmadi. Bola tug‘ilishi kerakligini aytib turib olishdi.

— Hozir shu bolam 20 haftalik bo‘ldi, — deydi Rene. — Yurak urishi joyida, o‘zini juda yaxshi his etyapti. Qolgan bolalarim uni juda yaxshi ko‘rib qolishgan. Doim yonida, qurshab olgan ko‘yi erkalashadi…

— Bunday ikki yuzli bolalar juda kam tug‘iladi, — dedi mutaxassis Greg Kesbi. — So‘nggi bor 2008 yili Hindistonda ikki yuzli qizaloq tug‘ilgandi. U ikki oydan keyin olamdan o‘tgan…

— Mayli, — dedi Rene mutaxassisga javoban. — Bir kun yashasa ham baribir undan voz kechmaymiz. Xudo bergan umrini yashaydi baribir. Biz bu farzandimizga ham Yaratgandan uzoq umr tilab qolamiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik Rene Yang ismli ayol ikki yuzli farzandni dunyoga keltirdi… (Asabi bo‘shlar qaramasin)