08:26 / 26.10.2017
6 028

Fin arxitektori bittagina avtoulov joylashishi mumkin bo’lgan yerda katta uy qurdi

Fin arxitektori bittagina avtoulov joylashishi mumkin bo’lgan yerda katta uy qurdi

Fin arxitektori Marko Kasagrande 2,5x5 metr maydonga bemalol qursa bo’ladigan TIKKU nomli uyni ixtiro qildi.
Ushbu g’oya aholisi zich joylashgan yirik shaharlarda turarjoy muammosini hal qilishga yordam beradi. TIKKUning umumiy maydoni 37,5 kvadrat metrni tashkil etmoqda.
Uyning birinchi qavatida ish xonalari, ikkinchi qavatda yotoqxona, uchinchisida esa terassa va hodiq chiqarish uchun mo’ljallangan xonalar qurilgan. Bundan tashqari uy quyosh batareyalari bilan ham jihozlandi.
Mazkur uyda suv yo’q bo’lgani sabab, uni faqatgina suv hamda oziq-ovqat bilan to’liq ta’minlangan joylarga qurish mumkin. “Arxitektor bu turdagi uyni bir kun ichida qurish mumkin ekanligini aytgan” deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fin arxitektori bittagina avtoulov joylashishi mumkin bo’lgan yerda katta uy qurdi