20:21 / 26.10.2017
9 818

Ramzan Qodirovning qizi hashamatli liboslar to‘plamini namoyish etdi

Ramzan Qodirovning qizi hashamatli liboslar to‘plamini namoyish etdi
Firdaws modalar uyining boshqaruvchi, Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat o‘zining kiyimlar to‘plamini namoyish etdi. To‘plam «Tog‘ marvaridi» deya nomlandi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib, «Daryo» nashri xabar berdi.

Ko‘rgazma Mercedes-Benz Fashion Week Russia haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. «Tog‘ marvaridi» to‘plamidan 47 ta shifon, ipak, shuningdek, barxatdan tayyorlangan ko‘ylaklar joy oldi.

Kiyimlarning ayrimlari keng etak va yengga ega. Shuningdek, modellar obrazini boshlaridagi ipak ro‘mollar bezab turdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning qizi hashamatli liboslar to‘plamini namoyish etdi