06:45 / 28.10.2017
5 645

AQSH prezidenti Donald Tramp nima uchun alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmasligini tushuntirib berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp nima uchun alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmasligini tushuntirib berdi
Xabarda keltirilishicha, Trampning katta akasi aynan alkogoldan aziyat chekkan va uning taqdiri bo’lg’usi prezidentni halokatli odatlardan uzoq yurishiga turtki bo’lgan. “Uning alkogol mahsulotlari bilan bog’liq muammolari bor edi va hamisha menga “Ichma, ichma!” degan gapni qaytarardi” deydi prezident o’z akasi haqida.

Ma’lumot uchun, Donald Trampning akalaridan biri Fred Tramp hayotining asosiy qismi davomida aynan ichkilikdan aziyat chekkan va 1981 yili 43 yoshida vafot etgan.

Shuningdek, Oy uy rahbari avvalroq o’z akasining ushbu zararli odatlarga qarshi qanday kurashganiga guvohi bo’lgani sabab, narkotik moddalarga qaramlik qanday bo’lishi bilan juda yaxshi tanishligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidenti Donald Tramp nima uchun alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmasligini tushuntirib berdi