09:27 / 28.10.2017
8 160

Yaponiyalik o‘quvchi qiz sochini qoraga bo‘yashni talab qilgan maktab rahbariyatini sudga berdi

Yaponiyalik o‘quvchi qiz sochini qoraga bo‘yashni talab qilgan maktab rahbariyatini sudga berdi
Yaponiyaning Osaka prefekturasida istiqomat qiluvchi maktab o‘quvchisi o‘z maktabini sudga berdi. 18 yoshli qiz undan sochini qoraga bo‘yashni talab qilgan maktab rahbariyatidan norozi. Bu haqda «TJournal»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Qiz maktab qoidalaridan nafaqat ruhiy jihatdan qiynalganini, balki sochi va boshiga ham ziyon yetganini ta’kidlamoqda.

Maktab 2015 yili uni sochini qora rangga bo‘yashga majbur qilgan edi. 2016 yili unga sochi yetarli darajada qora bo‘lmagani uchun mashg‘ulotlarda qatnashish taqiqlandi. Hatto u maktab arxivlaridan chiqarib yuborildi. 2016 yil oxiridan u maktabga bormay qo‘ydi.

Qiz unga yetkazilgan 2,2 million iyena (19 ming dollar) miqdoridagi zararni qoplab berishni talab qilmoqda.

Birinchi sud majlisi 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik o‘quvchi qiz sochini qoraga bo‘yashni talab qilgan maktab rahbariyatini sudga berdi