21:34 / 28.10.2017
7 415

Shimoliy Koreyada AQSh aholisining 90 foizini qirib tashlashi mumkin bo‘lgan qurol bor

Shimoliy Koreyada AQSh aholisining 90 foizini qirib tashlashi mumkin bo‘lgan qurol bor
AQSh Shimoliy Koreyaning Qo‘shma Shtatlar aholisining deyarli barcha qismini yo‘q qilishga qodir quroli borligi haqida xabar topdi. Ma’lum bo‘lishicha, yadro portlashi oqibatida yuzaga keladigan elektromagnit impuls AQShning 90 foiz aholisini yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, atom bombasi elektromagnit impuls yaratadi, u esa elektronikani ishdan chiqaradi. AQSh uzra atmosferadan tashqarida yadro portlashining yuz berishi butun mintaqani vayron qilib, aviahalokatlarga olib kelishi mumkin.

“Shimoliy Koreya xavf tug‘dirish uchun mintaqalararo ballistik raketalar uchirishi shart emas. Pxenyan janubiy hudud bo‘ylab yadro qurolini olib o‘tib, keyin Qo‘shma Shtatlar ustida portlatishi mumkin. Bu yuqori chastotali elektromagnit impulsni yuzaga keltiradi. Natijada elektr energiyasi noma’lum vaqtga o‘chib qoladi va bir yil ichida bu AQSh aholisining 90 foizini yo‘q qilishga olib keladi”, deyiladi xabarda.

Ba’zi mutaxassislar kuchli elektromagnit impuls yaratish uchun yadro portlashidan ham kuchliroq quvvat talab etiladi, deb xulosa qilishmoqda. Bundan tashqari, elektromagnit maydonining ta’siri kuchli bo‘lganligi tufayli Shimoliy Koreya bunday tavakkal harakat qilmasligi ham ehtimoldan holi emas.

Shunday bo‘lsada, Shimoliy Koreya Amerikaning biror-bir shahariga albatta hujum uyushtirishi mumkinligi ilgari surilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada AQSh aholisining 90 foizini qirib tashlashi mumkin bo‘lgan qurol bor