21:37 / 28.10.2017
7 684

Mast haydovchi avtobusni daryoga qulatdi. 19 kishi halok bo‘ldi

Mast haydovchi avtobusni daryoga qulatdi. 19 kishi halok bo‘ldi
Nepalning markaziy qismida yo‘lovchi avtobusining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Ushbu YTHda halok bo‘lganlarning aniq soni haqida ma’lumot ishonchli emasligi aytilmoqda. Biroq 16 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan.

Nepal poytaxti Katmandu shahriga borayotgan avtobus shanba, 28 oktyabr kuni ertalab Dxading tumanida yo‘ldan chiqib ketib, daryoga qulagan. YTH sodir bo‘lgan paytda avtobus salonida 40 kishi bo‘lgani aytilgan.

Voqea joyida politsiya xodimlari va qutqaruvchilar qutqaruv ishlarini olib bormoqdalar. Ular avtobusni suvdan chiqarib olishga urinayotganlari qayd etildi.

Avtobus haydovchisi YTHda omon qolgan va u voqea joyidan yashiringan. U huquq-tartibot idoralari tomonidan qidirilayotgani ta’kidlanmoqda.

YTH sabablari aniqlanayotgani aytilgan bo‘lsa, mahalliy OAVlar bergan ma’lumotga ko‘ra haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida mast bo‘lgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mast haydovchi avtobusni daryoga qulatdi. 19 kishi halok bo‘ldi