Xitoyda 2035 yilga kelib 60 yoshdan katta odamlar soni 400 mln dan oshadi. Bu haqda 29 oktyabrda Xitoy jamoatchilik xavfsizligi uyushmasi ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar berdi.
"Bizning davlat 2000 yilda "keksayotgan jamiyat"ga ega davlatlar toifasiga tushgan. 2000 yildan keyin Xitoyda keksa yoshli aholi har yili 10 mln kishiga oshib borgan", deb aytgan uyushma rahbari Chjen Gunchen.
Uning ta’kidlashicha, Xitoyda ayni damda 240 mln keksa kishi bor. Bu ijtimoiy qatlam borgan sari ko‘paymoqda, bu esa davlat byudjeti, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimiga yuklamani oshiradi. Mutaxassisning aytishicha, Xitoy borgan sari keksa odamlarni parvarishlash bo‘yicha yaxshi shakllangan milliy strategiyaga ehtiyoj sezmoqda.
"Bizning davlatga keksalar huquqlari samaraliroq himoya qilinishi uchun yuridik me’yorlar tizimini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi", deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Xitoyda mehnatga layoqatli yoshdagi (15 yoshdan 64 yoshgacha) aholi soni taxminan 1 mlrd kishini tashkil qiladi. Xitoy oilani rejalashtirish uyushmasi prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib mehnatga layoqatlilar soni 958 mln kishigacha, 2050 yilda esa 827 mln kishigacha kamayib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi