23:57 / 29.10.2017
22 258

Dubay haqida qiziqarli va hayratlanarli faktlar

Dubay haqida qiziqarli va hayratlanarli faktlar
1.Dubay aholisi orasida yirtqich hayvonlarni uy jonivori sifatida boquvchilar juda ko’p.

2.Dubayda jinoyatchilik deyarli 0 % ga teng. Zero, ushbu o’lkada kichik jinoyatlar uchun ham qattiq jazo beriladi.

3.Dubay politsiyasi shahar bo’ylab Lamborghini, Ferrari, Bentley va Mercedes-Benzning so’nggi modellarida harakatlanadi.

4.Shaharning 83 % aholisi muhojirlardan tashkil topgan.

5.Dubayda istiqomat qiluvchi insonlar daromad solig’i to’lashmaydi.

6.Dunyodagi eng baland tennis korti Burj al-Arab mehmonxonasida joylashgan.

7.Yuqori darajadagi namlik va o’ta issiq harorat sababli Dubayning har bir burchagiga konditsionerlar o’rnatilgan, hatto avtobus bekatlariga ham.

8.Dubay tuprog’i olovrang tusda.

9.Dubay metrosi mashinist ko’magisiz mustaqil ravishda harakatlanadi. Bu yerda ayollar va erkaklar uchun alohida vagonlar mavjud.

10. Dubayda yo’l harakati qoidalarini buzish eng kamida 800 AQSH dollari miqdoridagi jarima bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay haqida qiziqarli va hayratlanarli faktlar