09:35 / 31.10.2017
5 634

Olimlar Marsda yoz mavsumida «bug‘lanuvchi qumlar»ni kuzatish mumkinligini taxmin qildi

Olimlar Marsda yoz mavsumida «bug‘lanuvchi qumlar»ni kuzatish mumkinligini taxmin qildi
Marsdagi qum yoz mavsumida sayyora sathida uchib yurish xususiyatiga ega. Qizil sayyora atmosferasini tadqiq etish bo‘yicha tajribalar chog‘ida Yevropa olimlari guruhi shunday xulosaga keldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, yozgi payt Marsda harorat Selsiy bo‘yicha 21 darajaga chiqadi, natijada sovuq paytda yuzada hosil bo‘ladigan muz eriydi. Biroq suv qattiq holatdan suyuq holatga o‘tganda o‘ta past atmosfera bosimi tufayli deyarli darrov qaynab ketadi va bug‘ hosil qiladi.

Bug‘ bilan birga nam qum zarralari yuqoriga ko‘tariladi. Bu Marsdagi gravitatsiya Yerga qaraganda taxminan 100 barobar kichikligi bilan izohlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Marsda yoz mavsumida «bug‘lanuvchi qumlar»ni kuzatish mumkinligini taxmin qildi