21:20 / 31.10.2017
10 253

Erini o‘ldirmoqchi bo‘lgan kelin 15 kishini zaharlab o‘ldirib qo‘ydi

Erini o‘ldirmoqchi bo‘lgan kelin 15 kishini zaharlab o‘ldirib qo‘ydi
Pokistonning Muzaffargoh shahrida yashovchi va o‘z nikohidan norozi bo‘lgan ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishni maqsad qilib, birgina erini emas, yana 14 kishini zaharlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Voqea aslida o‘tgan haftada sodir bo‘lgandi, ammo bu haqda oradan bir necha kun o‘tibgina OAVlarda e’lon qilindi.

Panjob shtatida yashovchi 21 yoshli Osiyo Bibi bir oycha avval majburlab Amjad Lashariga uzatilgan edi. Jinoyatga qo‘l urgan kelinchak avvalroq boshqa yigitga ko‘ngil qo‘ygan ekan... Shu sababdan bo‘lsa kerak nikohdan so‘ng Osiyo turmush o‘rtog‘i hamda uning qarindoshlari bilan tez-tez janjallashib turgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Osiyo “xushtori” Shahid bilan Amjadni o‘ldirish rejasini tuzadi. 21 yoshli yosh kelinchak o‘z turmush o‘rtog‘iga atalgan sut ichiga kalamush zaharidan qo‘shadi.

Lekin vaziyat kutilmaganda boshqa tarzda tus oldi...

Amjad Lashari sutni ichishni xohlamagach, uning onasi sutdan yogurt tayyorlashda foydalanadi.

Natijada bundan 5 kun avval, 26 oktyabr kuni mazkur yogurtdan bahramand bo‘lgan 27 kishi zaharlanadi. Ularning 15 nafari, xususan kelinchakning eri Amjad ham oradan birmuncha vaqt o‘tib hayotdan ko‘z yumdi.

Hozirda mazkur hodisaga aloqador deb gumon qilingan Osiyo, uning “xushtori” Shahid va ularning Zarina ismli qarindoshi qo‘lga olingan. Osiyo o‘ziga qo‘yilgan aybni rad etmoqda. Huquq-tartibot organlari xodimlari tergov ishlarini olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erini o‘ldirmoqchi bo‘lgan kelin 15 kishini zaharlab o‘ldirib qo‘ydi