Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanayotgan Soipov 2010 yilda birga yashagan oila ro‘y bergan hodisaga ishonmayapti. Bu haqda «Cincinnati» nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Sayfullo Soipov 2010 yilda Ohayo shtati Sinsinnati shahri yaqinida oilasining tanishlari bo‘lgan insonlarning uyida ikki hafta davomida yashagan. Oilaning so‘zlariga ko‘ra, terakt haqidagi yangiliklarni ko‘rib, ro‘y bergan holatga ishonishmagan.
“U juda vazmin inson edi. Har doim ishlardi. U kechki bazmlar yoki boshqa joylarga bormasdi. Uyga kelardi, hordiq chiqarardi hamda yana ishga jo‘nab ketardi”, - deya aytib o‘tgan Dilnoza Abdusamatova. U Soipov uylarida yashaganda hali o‘smir qiz bo‘lgan.
Nashrning xabar berishicha, 2011 yilda Soipov Ohayodan bo‘lgan oila yashaydigan manzil bo‘yicha biznesni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Oilaning iddao etishicha, biznes haqida hech narsani bilishmagan va bu holatdan hayratga tushishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Soipov uydan ko‘chib ketgach u bilan gaplashishmagan.
Soipovning qo‘shnisi bo‘lgan, yo‘lning narigi betida yashagan ayol esa uni fotosuratdan tanigan hamda “u odamlarga qo‘shilishni unchalik yoqtirmagani”ni aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?