08:45 / 02.11.2017
6 716

AQShda grin-karta dasturini to‘xtatmaslikka qaror qilindi

AQShda grin-karta dasturini to‘xtatmaslikka qaror qilindi
Vashington viza lotereyasi dasturini to‘xtatmaydi va unga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Bu haqda «TASS axborot agentligi»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

"Ayni vaqtda "Viza turfaligi lotereya dasturi"ga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi", deyilgan xabarda.

1 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda sodir etilgan teraktdan keyin grin-kartani bekor qilish lozimligini aytgan. "Men qadr-qimmatlarga asoslangan tizimni istayman. Biz bunday migratsiyani qo‘llab-quvvatlaymiz, demokratlardan hech qanday boshqa lotereya kerakmas. Biz kuchliroq va aqlliroq bo‘lishimiz lozim", deb yozgan Tramp.

31 oktyabrda Nyu-Yorkdagi teraktni amalga oshirgan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov AQShga aynan grin-karta orqali kelgan.

Diversity Immigrant Visa lotereyasi AQSh davlat departamenti tomondan o‘tkazib kelinadi. Har yili AQShga migratsiya darajasi kam bo‘lgan davlatlar fuqarolariga AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi 55 mingta lotereya o‘ynaladi. Ta’kidlanishicha, g‘oliblar kompyuter yordamida tasodifiy tanlov yo‘li bilan aniqlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda grin-karta dasturini to‘xtatmaslikka qaror qilindi