8 903
Ajabo! Oila a’zosiga aylangan arvoh bayramlarda tabriknoma oladi va bunday munosabatdan juda hursand!
Angliyada istiqomat qiluvchi Karen Ueykfild ismli ayol bolalik chog’laridanoq o’zida arvohlarni ko’ra olish qobiliyatini payqagan.
Ammo vaqt o’tib turli turmush tashvishlari bilan bu qobiliyatini unutayozgan edi. Yangi uyga ko’chgach esa ushbu binoda faol arvoh borligi payqadi. Arvoh surat ramkalarini sindirar, eshiklarni ochib yopar, Karenni turmush o’rtog’ining ovozi bilan chaqirar edi.
Ushbu voqealardan keyin ayol arvohni bir necha marotaba suratga ham oldi va arvoh ovchilariga murojaat qildi. Aniqlanishicha, ruh 57 yoshida vafot etgan Malkolm ismli erkak kishiga tegishli ekan.
Vaqt o’tib, arvohning u qadar yovuz niyatda emasligi ma’lum bo’ldi. Karen arvoh zerikkani va o’zi haqida bildirish uchun turli buyumlarni sindirishini tushunib qolgach, u bilan murosa qilishga kirishdi.
Endilikda Karen va uning yaqinlari Malkolmga ham o’z oila a’zolari kabi hurmat ko’rsatmoqdalar. Ular arvohga tez-tez murojaat qilishadi, bayramlar chog’ida uning uchun alohida tabriknomalar yozishadi. Ushbu harakatlardan keyin arvoh ham surat sindirish odatini tashladi. Uyga mehmon kelguday bo’lsa Malkolm mehmondo’st inson singari darrov borib choynakni yoqib qo’yadi, deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi