05:11 / 03.11.2017
6 496

KXDR yadroviy sinov chog‘ida odamlar halok bo‘lganini tasdiqlamadi

KXDR yadroviy sinov chog‘ida odamlar halok bo‘lganini tasdiqlamadi
Shimoliy Koreya rasmiylari o‘tkazilgan yadroviy sinovlar chog‘ida odamlar halok bo‘lgani borasidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Muqaddam Yaponiyaning «Asaxi–TV» telekanali shunday axborotni tarqatgan edi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Tegishli bayonot Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatildi.

Yaponiya telekanalida aytilishicha, KXDR shimoli-sharqidagi Pxungeri poligonidagi tunnelda yadroviy sinov tufayli yer o‘pirilgan va 200 kishi tuproq ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Yadroviy sinov 3 sentyabr kuni o‘tkazilgan edi.

Shimoliy Koreyaga ko‘ra, bu axborot «dezinformatsiya»dir.

«Bu amerikalik va yaponiyalik reaksionerlar KXDR yadroviy shiddatining o‘sishini harbiy tahdid va yirtqich sanksiyalar yordamida to‘xtatolmagandan keyin mamlakatni siyosiy va axloqiy bo‘hton bilan qoralashga urinayotganini ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR yadroviy sinov chog‘ida odamlar halok bo‘lganini tasdiqlamadi