16:37 / 04.11.2017
8 215

O‘zbekistonlik erkak Noginsk shahri merining maslahatchisini o‘ldirdi

O‘zbekistonlik erkak Noginsk shahri merining maslahatchisini o‘ldirdi
O‘zbekistonning ko‘plab fuqarolari Rossiyada turli ishlar bilan bandligi, ya’ni aksariyati mehnat muhojirlari ekanligi hech kimga sir emas. Qonuniy ravishda xorij mamlakatida ishlab yurganlar qatorida xunrezliklar ishtirokchisiga aylanayotgan fuqarolar ham borligi achinarli holat. Noginsk shahrida ana shunday hodisa ro‘y berdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Aniqrog‘i, 31 oktyabr kuni Elektrostal shahri merining maslahatchisi Darya Turkina vahshiylarcha o‘ldirildi. Gumondor esa 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak. Bu haqda “Gazeta” nashri xabar bermoqda.

29 yoshli Darya Turkina Noginskdagi o‘z uyida o‘ldirilgan. Gumonlanuvchi shaxs bo‘lgan o‘zbekistonlik 40 yoshli erkak uning uyida ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan.

Darya Turkina uning ta’mirlash ishlaridan norozi bo‘lgan va shikoyat qilgan. Erkak bundan darg‘azab bo‘lgan.

31 oktyabr kuni erkak mast holda bo‘lgan. Ayolning navbatdagi shikoyatlariga javoban unga bir necha marta pichoq sanchgan.

Shundan keyin erkak ayolning qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib qochgan va lombardga topshirgan. Bu haqda uning o‘zi so‘zlab bergan.

Lombarddan olingan pullarga giyohvand modda sotib olgan va politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Daryani o‘lik holda topganini aytgan.

Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bo‘yicha qotillik aybi bilan jinoyat ishi ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik erkak Noginsk shahri merining maslahatchisini o‘ldirdi