Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram’dagi kanalida Kataloniyadagi vaziyat haqida fikr bildirdi. U har qanday mamlakatda barqarorlik hukm surishi tarafdori ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Qodirov Kataloniyadagi referendumni tinch jarayon bo‘lganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u plebissitning qonuniy yoki noqonuniyligi haqida bir nima demadi.
«Madrid bunga nima deb javob berdi? Vazirlarning bir qismi hibsda, Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemon va Bryusselda yashiringan vazirlarning boshqa guruhi qidiruvga berildi. Maqtalgan G‘arb demokratiyasi va tinch yo‘l bilan fikr bildirish nima bo‘ldi?» — savol berdi Checheniston rahbari.
Qodirovning so‘zlariga qaraganda, G‘arb dunyoning o‘nlab mamlakatlarida qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlaganiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?