BMT Saudiya Arabistoni koalitsiyasi Yamandagi barcha portlar va aeroportlarni yopishga qaror qilgandan keyin Yaman aholisiga gumanitar yordamni yetkazishni to‘xtatdi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma’lum qildi.
Yamanning portlari va aeroportlarini yopish qarori Yamandan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod tomon raketalar otilgandan keyin qabul qilingan. Saudiya Arabistoni kuchlari raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Biz Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi barcha aeroport va portlarni vaqtinchalik yopish qarori yuzasidan xavotir bildirmoqchimiz. Bu Yaman aholisiga gumanitar yordamni yetkazishga ziyon keltirishi mumkin”, deb aytgan Haq 6 noyabrdagi brifingda.
Haqning aytishicha, gumanitar yordam yetkazilishi to‘xtatilgan, BMTning ikkita reysi uchishga ruxsat olmagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi