09:30 / 07.11.2017
5 793

Tramp Eronga qarshi 1979 yilda kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Tramp Eronga qarshi 1979 yilda kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter tomondan 1979 yilda Eronga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yana bir yil uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda «Oq uy matbuot xizmati» ma’lumotiga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, Tramp “Eronga nisbatan e’lon qilingan favqulodda vaziyatni” yana bir yil uzaytirish qarorini Vashington va Tehron o‘rtasidagi aloqalar “hanuzgacha normallashmagani”, “1981 yildagi ikki tomonlama kelishuvlarni bajarish jarayoni hali ham davom etayotgani” bilan izohlagan.

Gap AQSh va Eron o‘rtasidagi “Jazoir kelishuvlari” haqida ketmoqda. Bu kelishuvlarda ikki davlat bir-birining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olgan edi.

Karter Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni 1979 yil 4 noyabrda radikal kayfiyatdagi eronlik talabalar AQSh elchixonasini bosib olib, u yerdagi o‘nlab xodimlarni garovga olgandan keyin kiritgan. Amerikaliklarni Jazoir kelishuvlari imzolangandan keyin 1981 yil yanvaridagina ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Eronga qarshi 1979 yilda kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi