12:20 / 07.11.2017
5 436

Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasiga xorijiy davlat rahbarlari taklif etilmaydi

Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasiga xorijiy davlat rahbarlari taklif etilmaydi
Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiya marosimiga xorijiy davlat rahbarlari taklif etilmaydi. Bu haqda «K-News»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Uning aytishicha, bunday qaror «dunyo amaliyotidan kelib chiqib» qabul qilindi. Marosimga Qirg‘izistondagi barcha chet el davlatlari elchilari taklif etiladi.

Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasi 24 noyabrga belgilangan. U 15 oktyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 54 foizdan oshiq ovoz to‘plab, g‘olib chiqdi.

Amaldagi prezident Almazbek Atambayevning vakolatlari 1 dekabrda oxiriga yetadi. 15 noyabr kuni uning yakuniy matbuot anjumani berishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasiga xorijiy davlat rahbarlari taklif etilmaydi