16:06 / 07.11.2017
8 373

Alisher Usmonov haqidagi "gap-so‘zlar"...

Алишер Усмонов ҳақидаги "гап-сўзлар"...
Biznesmen va milliarder Alisher Usmonov OAVlarda chop etilgan xabarlarga qarshi fikr bildirib, o‘z huquqlarini himoya qilishi haqida e’lon qildi. OAVlarda uning “Gazprom” mablag‘larini shaxsiy maqsadlar uchun sarf qilganligi haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Ularda yozilishicha, Yuriy Milnerning jamg‘armasi “Gazprom” tuzilmasining bir qismi tomonidan ajratilgan mablag‘ni Facebook aksiyalarini sotib olish uchun ishlatgan. O‘sha vaqtda “Gazprom” Alisher Usmonov nazoratida bo‘lgan.

“Alisher Usmonovning “Gazprom” mablag‘larini shaxsiy maqsadda sarflagani haqidagi ma’lumotlar va barcha ayblovlar yolg‘on. Janob Usmonov va uning sho‘’ba korxonalari nafaqat qonunning “xatini” va “ruhini” kuzatadi, balki korporativ boshqaruv va ahloq tamoyillariga qat’iy amal qiladilar”, deydi biznesmenning rasmiy vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov haqidagi "gap-so‘zlar"...