09:25 / 09.11.2017
8 562

“Janubiy Afrika go’zali” jamoatchilik g’azabiga uchradi

“Janubiy Afrika go’zali” jamoatchilik g’azabiga uchradi
22 yoshli “Janubiy Afrika go’zali” Demi Ley Nel Peters jamoatchilik g’azabiga uchradi. U OIV bilan kasallangan bolalarni ovqatlantirmoqchi bo’lgan va bu ishni qo’lqop taqqan holda amalga oshirgan.

Interetda uning bolalarga tegib ketishdan qo’rqqani haqidagi ayblovlar avj oldi.

Nel Petersning o’zi bu ayblovlarni rad etib, ovqat bilan bog’liq holat bo’lgani uchungina qo’lqop taqqani, barcha ko’ngillilar qo’lqopda bo’lgani va bolalarga shu tariqa taom yedirish kerak ekanligini aytilgani haqida so’zladi.

Biroq uning javobi internet foydalanuvchilarini qoniqtira olmadi. Ular Petersning ustidan kulgancha turli kundalik yumushlarni ham qo’lqop taqib bajarayotgan ko’rinishdagi suratlarini internetga joylab, tagiga Petersning nomini xeshteg sifatida qo’ymoqdalar, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Janubiy Afrika go’zali” jamoatchilik g’azabiga uchradi