Rossiyaning Tula viloyatida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi onasining maslahatiga quloq tutib, yashirincha dunyoga keltirgan o‘g‘lini axlat xaltasiga solib, yaqin oradagi axlattepaga tashlab yubordi, deb yozadi «MK.ru»ga asosan Daryo nashri.
15 yoshli qiz va uning onasi chaqaloqning tug‘ilishi oila uchun katta yuk bo‘ladi degan xulosaga kelib, bolaning jasadini esa hech kim sezmaydi, deb o‘ylagan, chunki qishloqdan haftalar davomida axlat olib chiqib ketilmaydi.
Ammo har kuni ozuqa topish maqsadida konteynerlarni titadigan mahalliy fuqarolardan biri chaqaloqning jasadini topib oldi va butun qishloqni boshiga ko‘tardi.
Mahalliy fuqarolar aytishicha, qizning ota-onasi ichkilikboz bo‘lgan va farzandiga yetarlicha e’tibor bermagan. Qiz esa bolasining otasi kimligini bilmagani uchun, o‘z homiladorligini hammadan yashirgan.
Chaqaloq esa havo sovuqligi tufayli o‘sha kechasiyoq nobud bo‘lgan. Mish-mishlarga ko‘ra, qizning ota-onasini ota-onalik huquqidan mahrum qilishmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»