22:34 / 09.11.2017
10 688

14 yoshli bola boshini gir aylantirib, pul topmoqda! (Video)

14 yoshli bola boshini gir aylantirib, pul topmoqda! (Video)
Pokistonning Karachi shahrida boshini 180 darajaga aylantira oladigan o‘smir yigitcha yashaydi. Qo‘li bilan boshini aylantirishi tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi. 14 yoshli Muhammad Samirning aytishicha, bu tug‘ma qobiliyat emas. Balki u tinimsiz mashqlar yordamida ana shunday natijaga erishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Muhammad Samir 6 yosh vaqtida gollivudning dahshatli filmlaridan birida boshini aylantiradigan qahramonni ko‘rib qolgan. Ana shundan so‘ng u ham boshini aylantirishga urinib ko‘rgan.

Bir necha oylik urinishlar, mashqlardan so‘ng Muhammad Samir o‘zi kutgan natijaga erisha olgan.
Qalampir.uz ning ma’lum qilishicha, Samirning onasi bunday mashqlarni taqiqlab qo‘ygan, ammo vaqt o‘tib, bu besamar ketgan.

14 yoshli Samir maktabga borishni to‘xtatdi. U ayni vaqtda “Dangerous Boys” raqs guruhi tarkibiga qo‘shilgan. Muhammad Samir shu orqali otasi betob qolganidan so‘ng oilasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga harakat qilib kelmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 14 yoshli bola boshini gir aylantirib, pul topmoqda! (Video)