15:13 / 11.11.2017
6 813

Putin va Tramp Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Putin va Tramp Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp BMT davlatlarini Suriyaga yaqin oylar ichida yordam uchun ko‘proq hissa qo‘shishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

«Prezidentlar Suriyada insonlarning azob chekishlarini kamaytirish lozimligini muhokama qilishdi hamda BMTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarni yaqin bir necha oy ichida insonparvarlik ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun o‘z hissalarini oshirishga chaqirishdi», - deyiladi qo‘shma bayonot matnida.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammiti vaqtida yuzlashgani xabar berilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Tramp Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi