Saudiya Arabistoni Bahraynga tortilgan neft quvuri ishini u portlatilgani sababli vaqtinchalik to‘xtatdi va mamlakatning qolgan neft ob’ektlaridagi xavfsizlikni kuchaytirdi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabariga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Bahrayn ichki ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidan keluvchi neft quvuri “ekstremistik harakatlar” tufayli portlatilganini ma’lum qilgan. Fuqarolik mudofaasi kuchlari quvurda vujudga kelgan yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Politsiya ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlagan.
Saudiya Arabistoni vazirligi ushbu hujumni qoralagan. Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlarida xavfsizlik “eng yuqori darajaga” ko‘tarilgan.
Neftning Bahraynga vaqtinchalik to‘xtatilishini Saudi Aramco neft kompaniyasi ham tasdiqlagan.
Bahrayn tashqi ishlar vaziri Xolid Al Halifa tvitterdagi xabarda neft quvurining portlatilishida go‘yoki “Bahrayn xavfsizligiga putur yetkazmoqchi va neft bozoriga zarba bermoqchi bo‘layotgan” Eronni ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi