07:19 / 12.11.2017
5 700

Amerikalik bolakay oddiygina qalamdan og’ir jarohat oldi

Amerikalik bolakay oddiygina qalamdan og’ir jarohat oldi
Amerikaning Florida shtatida uchinchi sinf o’quvchisi oddiygina qalamdan olgan jarohati tufayli bir o’limdan qoldi. Bu haqida xorij nashrlari ma’lum qilmoqda.

Aniqlanishicha, bolakay uchi o’tkirlangan qalamni maktab ryugzagining yon cho’ntagiga solgan va ryugzakni taqqan paytda qalam uchi bolaning qo’ltiq osti sohasiga kirib, arteriyani yaralagan.

“U yig’lamadi, baqirmadi, umuman hech narsa demadi... Uning oyoqlari ostida qon ko’magi hosil bo’lgan, ko’ylagi ham qonga belangan edi” deydi bolakayning o’qituvchisi.

O’qituvchilar bolaga birinchi yordamni ko’rsatishgan. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelganlaridan so’ng bola shifoxonaga olib ketilgan va jarohatlar bir nechta chok bilan tikib qo’yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik bolakay oddiygina qalamdan og’ir jarohat oldi