15:39 / 15.11.2017
7 094

Sobiq futbolchi xotinini pichoqlab, politsiya xodimlarini qor ustida farishta rasmini hosil qilgancha kutib oldi

Sobiq futbolchi xotinini pichoqlab, politsiya xodimlarini qor ustida farishta rasmini hosil qilgancha kutib oldi
Sobiq futbolchining marhum rafiqasi u bilan ajrashishni istagan, ammo buning uchun erining oyoqqa turishi va o‘ziga kelib olishini kutgan. Erkak xotinini pichoqlab qo‘ygach, hovliga chiqib, qor ustida farishta shaklini hosil qila boshlagan va ayni shu paytda uyga politsiya xodimlari kirib kelishgan. Uydagi qonli izlardan ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Keri Maklanaxan o‘lim oldidan bor kuchi bilan yashash uchun kurashgan, deyiladi xabarda.

Ayolning eri bo‘lmish 46 yoshli Entoni qonga belangan holda politsiya xodimlari kelgunicha yerda yotgan va uzoq muddatgacha o‘rnidan tura olmagan. Avvaliga u oilasiga hujum qilishgani haqidagi uydirmani o‘ylab topdi, ammo bunga biror isbot ko‘rsatilmadi. Shifokorlar marhum ayol tanasida ko‘plab jarohatlarni qayd etdilar.

O‘tgan oyda Entoni avvalgi nikohidan bo‘lgan 8 yoshli o‘g‘lini o‘g‘irlagani uchun endigina qamoqdan chiqqan edi. Ushbu voqeada keyin Keri eriga yordam berishga qaror qilib, birgalikda tog‘li joylarga ko‘chib o‘tishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Entoni ayolini juda ko‘p rashk qilgan va unga tez-tez qo‘l ko‘targan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq futbolchi xotinini pichoqlab, politsiya xodimlarini qor ustida farishta rasmini hosil qilgancha kutib oldi