10 oy avval Meksikada me’yoriy vazn bilan dunyoga kelgan Luis Manuel Gonsales ayni paytda 28 kg vazn to’pladi. Bolakayning onasi uning semirib ketishiga sabab haddan ortiq yog’li ona suti degan fikrga kelgan. Luis dunyoga kelgan payti 3,5 kilogramm vaznga ega edi.
Shifokorlar bolaning semizligiga sabab ona sutining yog’li ekanligi haqidagi fikrni rad etishyapti. Ularning aytishlaricha, bola ajdodlari orasida Prader-Villi sindromidan aziyat chekkan insonlar bo’lishi mumkin. Bu holatda bolalar faqat ochlik hissini tuyadilar va mushaklar tonusi qoniqarli darajada bo’lmaydi.
“Bolaning jigar, o’pka va yuragi charchab qolmoqda. Kichik bemorimizning hayoti xavf ostida va unga ko’mak bera olamiz degan umiddaman” deydi meksikalik shifokor-dietolog Silviya Orosko.
Biroq, bolakay olishi kerak bo’lgan gormonal muolajaning bir dona qabuli 555 AQSH dollari narxidadir. Luisning otasi esa oyiga 200 AQSH dollari ishlab topadi, deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?