Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakat hududlariniing ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiyotni mustahkamlashga qo‘shilgan ulkan xizmatlar uchun davlat mukofotlari berish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Mukofotlanganlar ro‘yxatida yuzga yaqin kishi bor. Jumladan, III darajali «Manas» ordeni bilan O‘sh viloyati «Matkarim» fermer xo‘jaligi rahbari Jusupakmat Atamboyev, Qirg‘iziston Respublikasining faxriy yorlig‘i bilan Ton ovul kengashi raisi Talantbek Atamboyev mukofotlangan.
Mukofotlanganlar orasida dehqonlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, injenerlar va ekologlar bor. Amaldorlar ham uchraydi. Jumladan, Bishkek shahri hokimi Albek Ibraimov «Dank» ordeni bilan mukofotlangan. «Dank» medali milliy energiya xoldingi boshqaruvi raisi Oybek Kaliyevga ham berilgan.
Ilgariroq Almazbek Atamboyev so‘nggi yillarda «davlat mukofotlari instituti degradatsiyaga duchor bo‘lganligi sababli» Qirg‘izistonda davlat mukofotlari ahyon-ahyonda berilganini aytib o‘tgan edi.
Lekin shu yilning o‘zidayoq prezident bungacha uch marta davlat mukofotlarini tarqatgan edi: oktyabrda, iyulda va martda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi