15:01 / 16.11.2017
5 381

Braziliyada birovning avtomobilini buzib qo’ygan ot qamoqqa olindi

Braziliyada birovning avtomobilini buzib qo’ygan ot qamoqqa olindi
Braziliya politsiyasi birovning mulkiga zarar yetkazish aybi bilan otni qamoqqa oldi, deyiladi xabarda. Ot egasi bilan ko’chada sayr qilib yurgan paytda nariroqda turgan mashinaga xujum qilgan.

Mashina sohibasi ot qamoqqa olinsa, yetkazilgan zarar tezroq to’lab berilishidan umid qilgancha uning ustidan shikoyat xati yozdi. Voqeadan xabar topgan otning egasi Uilyam Santush esa sevimli jonivorining yoniga shoshilgan, ammo ot sohibiga qaytarib berilmagan.

“Mahkamaga kelganimda otim huddi jinoyatchilar kabi kameraga qamalganini ko’rdim. Bundan tashqari unga ovqat ham, suv ham berishmadi. U tor joyda harakatlana olmapyapti” dedi Santush politsiya mahkamasidan qaytgach. Yetkazilgan zarar ot egasi tomonidan to’lab berilganidan keyin jonivor ozodlikka chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada birovning avtomobilini buzib qo’ygan ot qamoqqa olindi