Gekkon va ilon kurashi videoga tushib qoldi

  • 17-11-2017, 11:11
  • 1 333
  • Dunyo
  • Gekkon va ilon kurashi videoga tushib qoldi
    Oddiy daraxt iloni va kaltakesaklar oilasiga mansub gekkonning o‘zaro kurashi britaniyalik sayyohning videokamerasiga tushib qoldi. Taylandning Pattaya dam olish maskanida ro‘y bergan voqea haqida Pattaya One portali hikoya qildi.

    Tasvirda ustunda yopishib turgan gekkon ilonni tishlab, qo‘yib yubormayotganini ko‘rish mumkin. Ilon ham bo‘sh kelmay, raqibining bo‘ynini bo‘g‘ib olgan. Bir necha daqiqalar kuzatuvdan so‘ng, britaniyalik sayyoh kurashga aralashgan. U gekkonlarni juda yaxshi ko‘rishini, shu bois unga yordam berishga qaror qilgani bilan izohlagan.

    » » Gekkon va ilon kurashi videoga tushib qoldi