Hindistonlik Misr va Sudan chegarasida egasiz yerni topib olib, o‘zini u yerning qiroli deb e’lon qildi

  • 17-11-2017, 12:45
  • 1 340
  • Dunyo

  • Hindistonlik Misr va Sudan chegarasida egasiz yerni topib olib, o‘zini u yerning qiroli deb e’lon qildi
    Hindistonda yashovchi Suyash Diksit 7 noyabr kuni o‘zini Misr va Sudan o‘rtasidagi Bir-Tavil yeri qiroli deb e’lon qildi. Maydon hududi 2060 kvadrat kilometrga teng.

    “Men, Suyash Diksit, qirollik taxti va himoyasi uchun da’vogar bo‘lgan birinchi inson, o‘zimni “Diksit qirolligining” qiroli deb e’lon qilaman. Shu kundan boshlab o‘zimni qirol Suyash Birinchi sifatida tanishtiraman. Men hech kimga tegishli bo‘lmagan Bir-Tavil yerini o‘z davlatim sifatida e’lon qilmoqdaman. O‘z mamlakatim, xalqim va yerim manfaati uchun ishlashga qasam ichaman”, – deya qasamyod keltirgan Suyash Diksit.

    Diksitning aytishicha, misrlik harbiylar tomonidan qo‘riqlanuvchi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangan. Hududda ko‘plab terrorchilar bo‘lgani tufayli, harbiylar ogohlantirishsiz o‘q uzish topshirig‘ini olishgan. U Misr chegarasini kesib o‘tish uchun harbiylardan ruxsat so‘radi. Uni harbiy ob’ektlarni suratga olmaslik, o‘sha kuniyoq qaytib ketish va barcha qimmatbaho narsalarini qoldirish sharti bilan kiritishdi. U shunday qildi ham.

    Diksit o‘z qarindoshini bosh vazir va harbiy vazirlik rahbari sifatida e’lon qildi, hamda o‘z otasini prezident etib tayinladi – uning tug‘ilgan kuni sharafiga. Yangi qirol hattoki “xorijiy investitsiyalar va fuqarolik uchun murojaatlar”ga mo‘ljallangan saytni ishga tushirdi. Shuningdek, Diksit BMTga murojaat qilishni rejalashtirmoqda deb xabar beradi Kun.uz.

    Diksitga qadar yerga amerikalik Jeremi Kiton egalik qilishi haqida ma’lum qilgan – u o‘z yerini Shimoliy Sudan Qirolligi deb e’lon qilgan hamda o‘z qizini malika sifatida tanishtirmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik rossiyalik Dmitriy Jixarev Kitonda Bir-Tavilga borganligi bo‘yicha dalillar yo‘q ekani haqida aytib, o‘zini qirol deb e’lon qildi va yerni O‘rta Yer qirolligi deb atadi.

    » » Hindistonlik Misr va Sudan chegarasida egasiz yerni topib olib, o‘zini u yerning qiroli deb e’lon qildi