Ramzan Qodirov: "Terrorchilikka yollovchilarni otib tashlash kerak..."

  • 17-11-2017, 14:40
  • 971
  • Dunyo
  • Рамзан Қодиров: "Террорчиликка ёлловчиларни отиб ташлаш керак..."
    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov terrorchilikka yollovchilarga nisbatan portlovchi qurilmalarni portlatuvchi, odamlarni garovga oluvchi va qo‘poruvchiliklar amalga oshiruvchi jangarilarga qo‘llanadigan jazodan ham “qattiqqo‘lroq jazo” kiritilishini qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, ularni “otishga mahkum qilish” kerak. Qodirov bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozgan deydi Kun nashri.

    “Bilaman, terrorchi va yollovchini qanday qilib tenglashtirish mumkin, degan gaplar boshlanadi”, deb aytgan Qodirov va buni nafaqat “qilish mumkinligi”, balki “qilish zarurligi”ni ta’kidlab o‘tgan. “Terrorchilikka yollanib, o‘z ortidan o‘nlab va yuzlab qurbonlarni olib kelgan harakatlarni amalga oshirishga yo‘llangan odam agar bu vahshiylar uning quloqlariga quymaganda va psixologik ta’sir ko‘rsatmaganda bu ishni hech qachon qilmasligi ham mumkin edi”, deb aytdi Qodirov va yollovchilarni “chashmani chiqar joyida zaharlagan odamga” qiyosladi.

    “Shu sababli men yollovchilarga nisbatan jazoning nafaqat kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlayman, balki eng qattiqqo‘l choralar ko‘rilishi tarafdoriman. Aynan bunday odam otishga mahkum qilinsa bo‘lardi, chunki u xudkushdan farqli o‘laroq yashashni istaydi, o‘limga bormaydi”, deb aytdi Checheniston rahbari.

    16 noyabrda Rossiya davlat dumasi deputatlari terrorchilik tashkilotlariga yollash uchun jinoiy jazoning kuchaytirilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq ma’qullashdi. Bu hujjatga ko‘ra, terrorchilikka yollovchilarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilishi mumkin.

    » » Ramzan Qodirov: "Terrorchilikka yollovchilarni otib tashlash kerak..."