16:52 / 17.11.2017
6 273

Dubayda 2,5 yildan so’ng “Marsliklar shahri” paydo bo’ladi

Dubayda 2,5 yildan so’ng “Marsliklar shahri” paydo bo’ladi
Mars Scientific City deya nom olgan shahar loyihasi 2,5 yildan so’ng qurib bitiriladi. Bu haqida xorijiy saytlar xabar bermoqda.

Shahar maydoni 136 million AQSH dollari narxida bo’lib, u 170 ming kvadrat metr maydonni o’z ichiga olgan. Mazkur shaharda Marsdagi yashash sharoitlari bunyod etiladi.

Internetda paydo bo’lgan shahar loyihasida sahro o’rtasidagi bir nechta gumbazlarni ko’rish mumkin. Bu yerda insonlarning turar joylari va daraxtzorlar bo’lishi ko’zda tutilgan.

Qayd etilishicha, shaharni qurishda eng yangi texnologiyalardan foydalaniladi. Loyihada oziq-ovqat mahsulotlari, energiya, suv va ularni saqlash, qishloq xo’jaligi bo’yicha tadqiqotlar olib boriladigan laboratoriyalarni ham qurish hisobga olingan. Bundan tashqari, shahar ichida muzeylar va ilmiy markazlar qurilishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda 2,5 yildan so’ng “Marsliklar shahri” paydo bo’ladi