17:07 / 17.11.2017
9 601

Dunyodagi eng chiroyli kutubxona o’quvchilarni betakror arxitekturasi bilan o’ziga rom etmoqda

Dunyodagi eng chiroyli kutubxona o’quvchilarni betakror arxitekturasi bilan o’ziga rom etmoqda
Jonajon uyida kitob mutola qilishni afzal ko’radigan insonlar ham bunday hashamatli kutubxonaga tashrif buyurishdan bosh tortmasliklari aniq.

Bir qarashda ulkan ko’z shaklini yodga soluvchi kutubxona 5 qavatdan iborat bo’lib, Xitoyning Binxay tumanida bunyod etildi va “Binxay ko’zi” nomini oldi. Inshoot mualliflari Gollandiyaning “MVRDV” arxitertura bюрosi va mahalliy qurilish institutidir. Bino maydoni 3400 ming kvadrat metrga teng bo’lib, u o’z ichiga 1,2 million kitobni sig’dira oladi.

Kutubxonaning birinchi qavati o’quv xonalaridan iborat, qolgan qavatlarda konferentsiya zallari, kompyuter va audiofayllarni eshitish xonalari joylashgan.

O’quvchilar uni hech ikkilanmasdan dunyodagi eng chiroyli kutubxona deb atash barobarida binoning ajoyib akrxitekturasi kishini mutolaadan biroz chalg’itishini ham qo’shib qo’ymoqdalar, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng chiroyli kutubxona o’quvchilarni betakror arxitekturasi bilan o’ziga rom etmoqda