00:16 / 18.11.2017
7 194

Rossiya mudofaa vazirligi Tu-22M3 larning IShID marralariga zarba berishi aks etgan videoni e’lon qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Tu-22M3 larning IShID marralariga zarba berishi aks etgan videoni e’lon qildi
Rossiya mudofaa vazirligi oltita Tu-22M3 olis masofali bombardimonchilarining Suriyaning Abu Kamol shahridagi IShID marralariga zarba berishi aks etgan videoni e’lon qildi. Video idoraning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirildi. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Videoda bombardimonchilar parvozi ko‘rsatilgan. Keyin esa samolyot lyukni ochib, bombalar tashlaganini ko‘rish mumkin.

Дальние бомбардировщики Ту-22М3 нанесли авиационный удар по объектам террористов ИГИЛ в #Сирия 17 ноября 2017 года шесть дальних бомбардировщиков Ту-22М3, взлетевшие с аэродрома на территории России, совершив перелет над территорией Ирана и Ирака, нанесли групповой авиационный удар по объектам террористической группировки ИГИЛ в районе города Абу-Кемаль (провинции Дейр-эз-Зор). Целями для поражения стали опорные пункты бандформирований, скопление боевиков и бронетехники. Средствами объективного контроля зафиксировано поражение всех назначенных целей. Авиационное прикрытие дальних бомбардировщиков над территорией Сирии осуществлялось истребителями Су-30СМ с аэродрома Хмеймим. После выполнения боевой задачи все российские самолеты вернулись на аэродромы базирования.

Publié par Минобороны России sur vendredi 17 novembre 2017

Oltita Tu-22M3 Iroq va Eron ustidan uchib o‘tib, Suriyada IShID marralarini o‘qqa tutgani bir muddat oldin xabar qilingan edi.

Mamlakat mudofaa vazirligiga ko‘ra, bombardimonchilar Rossiya hududida havoga ko‘tarilib, Iroq va Eron ustidan uchib o‘tgan. Ular tayanch nuqtalari, tirik kuch to‘plangan yerlar va terrorchilarning zirhli texnikasini nishonga olgan.

Ob’ektiv nazorat vositalari barcha snaryadlar nishonga yetib borganini ko‘rsatdi. Barcha samolyotlar uchib chiqqan aeroportlariga qaytdi. Bombardimonchilarni Suriya osmonida Xmeymim aerodromidan chiqqan Su-30SM qiruvchilari qo‘riqlab turdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya mudofaa vazirligi Tu-22M3 larning IShID marralariga zarba berishi aks etgan videoni e’lon qildi