00:22 / 18.11.2017
5 465

Zimbabve prezidenti yana bir muddat hokimiyat tepasida qolishga ruxsat so‘radi

Zimbabve prezidenti yana bir muddat hokimiyat tepasida qolishga ruxsat so‘radi
Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 15 noyabrdan buyon birinchi marta omma oldiga chiqdi. U Zimbabve universitetida diplomlar topshirish marosimida qatnashdi. Mugabe marosimni ommaning qarsaklari ostida ochib berdi. Bu haqda «Kommersant.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Bundan tashqari, Zimbabve prezidenti mamlakat faxriylar uyushmasiga murojaat qilib, unga yana bir muddat hokimiyat tepasida qolishga ruxsat berishni so‘radi.

Sky News telekanaliga ko‘ra, Mugabe «yana bir necha kun, yana bir necha oy» so‘ragan.

Zimbabveda 15 noyabrga o‘tar kechasi harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi — armiya poytaxtni egalladi, prezident Robert Mugabe rafiqasi Greys Mugabe, shuningdek, moliya vaziri Igneyshus Chombo bilan birga hibsga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zimbabve prezidenti yana bir muddat hokimiyat tepasida qolishga ruxsat so‘radi